BMT “Tolibon”ga muhim va’dasini eslatib qo‘ydi
Olam
−
10 dekabr 2021
7158Birlashgan millatlar tashkilotining Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi (UNAMA) "Tolibon"ni har bir afg‘onning huquqlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilingan.
Unga ko‘ra, bugun Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining va uning Afg‘oniston uchun haqiqiy ahamiyati haqida so‘z yuritgan.
"Tenglik va kamsitmaslik tamoyillari barcha uchun barobardir. Biz "Tolibon"ni bu tamoyillarni Afg‘onistondagi kundalik hayotga tatbiq qilishga chaqiramiz. Shuningdek, hozirgacha "Tolibon" barcha afg‘onlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmagan. Xususan, ayollar va qizlarning 2021 yil 15 avgustdan buyon ta’lim olish, ishlash, erkin harakatlanish va boshqa huquqlari poymol bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz", deya ta’kidlagan BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Debora Layons.
Avvalroq, BMT "Tolibon'' ni jiddiy ogohlantirib, harakat nazorati ostida bo‘lgan hududlarda inson huquqlari buzilishi va undan ham yomoni vahshiyliklar sodir bo‘lsa, toliblar xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli sherigi sifatida ko‘rilmasligi aytgandi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi