BMT: “Tolibon” bergan va’dalarini buzdi

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘oniston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish borasida bergan barcha va’dalarini buzgan. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Shvetsariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada aytib o‘tdi.

Komissarning ta’kidlashicha, BMTda Afg‘onistondagi repressiyalar, ta’qiblar va tahdidlar haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud. Xususan, toliblar ayollarni jamoat joylaridan chetlashtirdi, ayrim hududlarda 12 yoshdan oshgan qizlarning maktabga borishini taqiqladi. Shuningdek, sobiq hukumat va xavfsizlik xodimlariga amnistiya berish haqidagi va’dalarini buzdi. Turli xil tintuvlar o‘tkazyapti va sobiq afg‘on harbiylarini o‘ldirib, qasos olyapti. Hatto, BMT xodimlariga ham hujum qilmoqda. Ayni vaqtda mamlakat “yangi xavfli bosqichda” turibdi.

“Men xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston inqirozning jiddiyligiga mos keladigan qatiy choralar ko‘rishga chaqiraman”, deydi Bachelet.

Ma’lumot uchun, “Tolibon” o‘tkazgan ilk matbuot anjumanida harakatning rasmiy vakili Zabihulla Mujohid toliblar avvalgi ishlari uchun hech kimdan qasos olishga urinmasligini va hammani kechirganligini aytgandi. Shuningdek, ayollarning shariatdagi huquqlari himoya qilinishini, 20 yil avvalgidek cheklovlar joriy qilinmasligini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

896

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing