BMT Suriyaga 10 ta yuk avtomobilida insonparvarlik yordamini yubordi
Olam
−
26 avgust 2020
3896Birlashgan Millatlar Tashkiloti Idlibdagi deeskalatsiya zonasiga o‘nta yuk mashinasida insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Yuk mashinalari Turkiyaning Hatay viloyatining Reyhanli hududidagi Jilvegezu nazorat-o‘tkazish punkti orqali Suriya hududiga kirdi.
Gumanitar yordam Idlib shahri va uning atroflari aholisi o‘rtasida taqsimlanadi.
Yil boshidan beri BMT Idlib deeskalatsiya zonasiga 6,834 yuk mashinasida insonparvarlik yordamida yuborgan.
Suriyadagi urush 2011 yil mart oyida, tinch namoyishchilar qurolli mojaroga aylanib, namoyishchilarga qarata o‘t ochgandan keyin boshlangan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro paytida 400 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 10 milliondan ortiq kishi uylarini tashlab qochishga majbur bo‘lgan. 4,8 million kishi mamlakat tashqarisida boshpana topgan.