BMT Shinjondagi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganadi

Olam

image

Xitoy hukumati BMTning Shinjondagi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish bo‘yicha qo‘ygan talabiga rozilik bildirdi. Pekin – 2022 qishki olimpiya o‘yinlari o‘tganidan so‘ng, BMT inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Mishel Bachelet Xitoydagi uyg‘ur ozchiligi yashaydigan Shinjonga tashrif buyuradi. Bu haqda “South China Morning Post” gazetasi nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib xabar bermoqda. 

Tashrifning aniq vaqti hali noma’lumligi holda, uni 2022 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Inson huquqlari tashkiloti Xitoy hukumatini mamlakat g‘arbida joylashgan Shinjondagi uyg‘urlar va irqiy ozchiliklarning huquqlarini poymol qilishda ayblab kelmoqda. 

Tashkilotga ko‘ra, Pekin ushbu irqiy ozchiliklarni ommaviy tarzda qamash, qiynoqqa solish va majburiy mehnatga undash bilan shug‘ullanib kelgan. 

AQSH hukumati va norasmiy Britaniya Tribunal sudi Xitoyni Shinjondagi uyg‘urlar genotsidida aybdor deb topgan. 

Rasmiy Pekin esa o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni inkor qilib, o‘z xatti-harakatlarini “terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” deya atagan. 

BMT vakili Mishel Bachelet 2018 yil sentyabr oyidan beri Shinjondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun Xitoy hukumati bilan rasmiy tashrif borasida muzokaralar olib boradi. 

Uning talablariga Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va Xitoyning Nyu-Yorkdagi BMT bo‘yicha vakili ancha paytgacha rozilik bermay kelgan. 

“South China Morning Post” gazetasiga ma’lumot bergan anonim manbaning bildirishicha, tashkilot  vakillarining tashrifidan maqsad tekshiruv o‘tkazish emas. Tashrifi do‘stona ruhda o‘tadi. Uchrashuv joriy yil 4-20 fevral kuni o‘tkaziladigan Pekin olimpiya o‘yinlaridan keyin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Fransiya Parlamenti Xitoy hukumatini uyg‘urlar genotsidida ayblab, muhim hujjatni qa’bul qilgan edi.



Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing