BMT Saudiya Arabistoniga talab qo‘ydi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Hukumatini tanqid qilgani uchun 34 yilga qamalgan saudiyalik ayollar huquqlari himoyachisi Salma al-Shehab zudlik bilan va hech qanday shartsiz ozod qilinishi kerak. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi shunday talab bilan chiqdi.

“Biz Saudiya Arabistonida saudiyalik talabaning inson huquqlari haqidagi bir qator tvitlar uchun 34 yilga qamalgani va yana 34 yilga sayohat qilish taqiqlanganidan dahshatga tushdik. Bu Saudiya Arabistoni Hukumatining terrorga qarshi qonunlaridan inson huquqlari himoyachilari va norozilik bildirganlarni ta’qib qilish, qo‘rqitish va qasos olish uchun foydalanayotganining yana bir misolidir”, deydi u.

Liz Trossellga ko‘ra, Saudiya Arabistoni xalqaro qonunlarga muvofiq, so‘z va uyushmalar erkinligi huquqlarini himoya qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratishi kerak.

“Saudiya Arabistoni nafaqat al-Shehabni ozod qilishi, balki kamsitish siyosatini o‘zgartirishni qonuniy talab qilganidan keyin qamoqqa olingan inson huquqlari himoyachilarining barcha hukmlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Saudiya Hukumati xalqaro qonunlarga muvofiq, so‘z va uyushmalar erkinligi huquqlarini himoya qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratishi lozim”, deydi BMT rasmiysi.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyadagi Lids universitetining doktoranti 2021 yil yanvar oyida hibsga olingan va 265 kun davomida ixtisoslashtirilgan jinoyat sudiga olib kelinmasdan so‘roq qilingan.

Avvaliga u o‘tgan yil oxirida olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi – hujjatlarga ko‘ra, al-Shehabning apellyatsiya arizasidan keyin bu muddat 34 yilga oshirilgan.

Saudiya Arabistoni prokuraturasi uni jamoat tartibini buzish, keng jamoatchilik xavfsizligi va davlat barqarorligiga putur yetkazmoqchi bo‘lganlarga yordam berish, Twitter’da yolg‘on va tuhmatga to‘la mish-mishlarni tarqatishda ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sal'ma al'-Shehab

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing