BMT Liviyada sulhni kuzatish bo‘yicha missiya tashkil qildi
Olam
−
17 aprel 2021
1829Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Liviyada sulhga rioya etilishini nazorat qilish uchun maxsus missiya tashkil etdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Avvalroq, BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Liviyadagi BMTni qo‘llab-quvvatlash missiyasi uchun 60 kishidan ko‘p bo‘lmagan monitoring mexanizmini yaratishni taklif qilgan edi. Guruhni Liviyaning Sirt shahrida joylashtirish rejalashtirilgan.
Guruh “besh plyus besh” harbiy qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan sulh bitimini nazorat qilish uchun yagona javobgar bo‘ladi.
Missiya xodimlari qurollanmaydi va harbiy forma kiymaydi. Ular BMT xodimlari ekanliklarini ko‘rsatadigan forma kiyishadi.
LiveBarchasi