BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyaning kosmosdagi qurollarga qarshi rezolyutsiyasini rad etdi
Olam
−
21 may
3783Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi kecha, 20 may kuni Rossiya tomonidan tayyorlangan barcha mamlakatlarni kosmosda har qanday qurolni joylashtirish va qo‘llashni “abadiy” to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini rad etdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat kerakli to‘qqizta ovozni ololmadi: Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan yetti davlat, jumladan, Xitoy, Jazoir va Gayana uning qabul qilinishi uchun ovoz berdi. Yana yetti davlat, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya bunga qarshi chiqdi. Shveysariya ovoz berishda betaraf qoldi.
“Rossiyaning bugungi qarshi rezolyutsiyasi jiddiy emas edi. Bu Moskva yadroviy qurilmaga ega yangi sun’iy yo‘ldosh yaratayotgani haqidagi xabarlardan e’tiborni chalg‘itishga beadab urinish edi”, deydi Britaniya delegatsiyasi a’zolaridan biri.
Ma’lumot uchun, 24 aprel kuni Rossiya AQSH va Yaponiya tomonidan kosmosda yadro qurolini joylashtirmaslik bo‘yicha tayyorlangan rezolyutsiya loyihasini bloklagan. Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan 13 tasi uni qabul qilish uchun ovoz bergan, Xitoy esa betaraf qolgan.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya hujjatni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishini uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq nafaqat yadro quroliga, balki oddiy qurollarga ham taalluqli bo‘lishi kerakligi bilan izohladi.
Doimiy vakil o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiyning qo‘shimcha qilishicha, Vashington va Tokio matnga Rossiya va Xitoy taklif qilgan bandni kiritishdan “qat’iy rad etishgan”, bu esa koinotda har qanday qurolni joylashtirishdan bosh tortishni nazarda tutadi.
LiveBarchasi