BMT xavfsizlik kengashi Myanmadagi vaziyatdan norozi 

Olam

image
0:00
0:00
download

BMT Xavfsizlik Kengashi Myanma harbiy rejimining namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonligini qoraladi. 

"Xavfsizlik Kengashi tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlikni, shu jumladan ayollar, yoshlar va bolalarga qarshi zo‘ravonlikni qat’iyan qoralaydi", deyilgan bayonotda. 

Qayd yetilishicha, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish namoyishlarda qatnashgani uchun hibsga olinganlarning barchasini ozod etishni talab qilgan. 

Shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashi Myanmada hokimiyatning demokratik tarzda o‘tishini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. 

Bayonot loyihasi Buyuk Britaniya tomonidan tayyorlangan, ammo Xitoy, Rossiya, Hindiston va Vetnamning iltimosiga binoan harbiy rejimga qarshi mumkin bo‘lgan harakatlar to‘g‘risida ogohlantirishlar asl matnidan olib tashlangan. 

Myanma xavfsizlik kuchlari 3 mart kuni harbiy boshqaruvga qarshi bo‘lgan namoyishchilarga qarata o‘t ochgandi. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan. 

14 fevralda ham Michina shahrida namoyishchilarga qarata xavfsizlik kuchlari o‘t ochgan edi. Oqibatda BMT ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 18 kishi halok bo‘lgan, 30 nafar namoyishchi jarohat olgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 fevral kuni Myanmada harbiy to‘ntarish yuz berdi. Mamlakat Prezidenti Vin Min va hukmron partiya rahbari harbiylar tomonidan hibsga olindi. Shundan so‘ng butun hokimiyat Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aun Xlain qo‘liga o‘tdi. 

Bundan norozi bo‘lgan tibbiyot va davlat xodimlari 2 fevral kuni qo‘chaga chiqdi. Shundan buyon mamlakatda siyosiy muvozanat izdan chiqib, namoyishlar davom etmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

namoyishlar M'yanma

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing