BMT qarorgohi yonida qurollangan shaxs qo‘lga olindi

Olam

image

AQSH politsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohi yonida qurollangan erkakni hibsga oldi. Bu haqda TASS shahar politsiya boshqarmasi vakiliga tayanib, xabar berdi.

Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot binosida yuz bergan voqea terrorizmga aloqador emas. Qo‘lga olingan shaxsning qurolida faqatgina bitta o‘q bo‘lgan.

Shaxsi oshkor etilmagan erkak bilan muzokaraga kirishgan xodimlar u “ba’zi qog‘ozlarni” BMTga bermoqchi bo‘lganini aytgan. Politsiya vakilining aniqlik kiritishicha, qog‘ozlar orasida tibbiy hujjatlar va boshqa yozuvli qog‘ozlar ham bo‘lgan.

Qayd etilishicha, erkak joriy yilning 1 dekabr kuni Floridadan Nyu-Yorkka kelgan va “Milenium” mehmonxonasida ro‘yxatdan o‘tgan. Huquq-tartibot xodimlari uning xonasini tintuv qilishgan, biroq politsiya unga nisbatan hozircha hech qanday ayblov qo‘ygani yo‘q.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq politsiyaga tashkilot bosh qarorgohi yaqinida qurollangan odam borligi haqida bir qancha xabarlar kelib tushgan. BMTning barcha xodimlari shtab-kvartira ichiga yashirinishga chaqirilgan, majmua esa yopilgan. Keyinroq huquq-tartibot idoralari xodimlari va yo‘lovchilarga hech qanday tahdid yo‘qligini aytishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing