BMT Isroilning Al-Aqsodagi hujumi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqchi 

Olam

image

BMT Xavfsizlik Kengashi bugun, 6 aprel kuni Quddusdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda kecha, 5 aprel kuni “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, BMT Xavfsizlik Kengashi bugun, 6 aprel kuni Falastin va Iordaniya iltimosiga ko‘ra Al-Aqsoda sodir bo‘lgan voqealarni muhokama qiladi.

Ta’kidlanishicha, kecha, 5 aprel kuni ertalab Iordaniya tashabbusi bilan yig‘ilgan Arab davlatlari ligasi kengashi Isroilning Quddusdagi tajovuzini qoralab, BMTdan Falastin xalqini xalqaro himoya qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, 5 aprelga o‘tar kechasi Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, shovqinli granatalar va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, shuningdek, rezina o‘q va tayoqlardan foydalangan edi. Isroil reydi oqibatida 400 dan ortiq odam hibsga olingandi. Shuningdek, Isroil Gazo sektoriga ham hujum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso BMT Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing