BMT Falastinda mojaroni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Bugun, 18 dekabr kuni BMTning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Tor Vennesland Iordan daryosining G‘arbiy sohili  va Sharqiy Quddusda isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida kuchayib borayotgan zo‘ravonliklarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Vennesland o‘z bayonotida kecha, 17 dekabr kuni kechqurun G‘arbiy sohil bo‘yidagi Xomesh aholi punktida uch isroillikning mashinasiga hujum uyushtirilgani, buning natijasida bir isroillik halok bo‘lgani va yana ikki nafari yaralangani, shuningdek, isroillik ko‘chmanchilarning Nablusdagi qishloqlarda falastinliklarga qarshi hujumlari haqida to‘xtalib, ularni qoraladi. 

“Okkupatsiya qilingan G‘arbiy sohilda zo‘ravonlik kuchayib borayotganidan xavotirdaman”, deydi BMTning maxsus vakili.

Tor Vennesland ushbu fojiali voqealar, shuningdek, so‘nggi haftalardagi boshqa ko‘plab hodisalar, zo‘ravonlik va terrorchilik harakatlarini qoralab, barcha tomonlarni vaziyatni yumshatishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning noyabr oyi oxirida Isroil rasmiylari Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yana bir aholi punkti qurishga ruxsat berdi. Buning ortidan falastinliklar norozilik namoyishi uyushtirdi. Namoyishlar vaqtida Isroil politsiyasi ularga qarshilik ko‘rsatib, o‘nlab tinch aholini jarohatladi.

Shahlo Orziyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing