BMT Ukraina tarafda urushgan xorijliklarning o‘limga hukm qilinishiga e’tiroz bildirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tan olinmagan Donetsk xalq rekpublikasining sudi tomonidan uch xorijiy yollanma askarga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmidan norozi. Bu haqda boshqarma matbuot kotibi Ravina Shamdasani ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Shamdasani sud qaroridan xavotir bildirgan va xorijlik yollanma askarlar harbiy asir maqomiga ega bo‘lishi mumkinligini aytgan hamda DXRda adolatli sudlovlar ta’minlanishini shubha ostiga olgan.

"Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi Oliy sudining uch harbiyni o‘limga hukm qilgan hukmidan Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xavotirda. Ukraina bosh qo‘mondoni ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limga hukm qilingan uch kishi ham mamlakat Qurolli Kuchlari tarkibida xizmat qilgan. Agar shunday bo‘lsa, ularni yollanma askarlar deb hisoblamaslik kerak", deydi Shamdasani.

Matbuot kotibi, shuningdek boshqarma tan olinmagan respublikalarda sud jarayonlari adolatdi sudlov kafolatlariga to‘g‘ri kelmasligiga guvoh bo‘lganini aytib o‘tgan. 

“Harbiy asirlarga nisbatan bunday hukm chiqarish (o‘lim jazosi) urush jinoyatiga teng”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi Oliy sudi Ukraina qurolli guruhlari tarkibida yollanma harbiy harakatlarda qatnashganlikda ayblanayotgan Britaniya fuqarolari Shon Pinner va Eyden Aslin, shuningdek marokashlik Saadun Brahimni o‘lim jazosiga hukm qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

189

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing