BMT Bosh kotibi Ukrainaga keldi
Olam
−
08 mart 2023
5180Bugun, 8 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Kiyevga keldi. Bu haqda BMT Bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu Guterrishning Kiyevga keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri uchinchi marta kelishi. Mazkur tashrif chog‘ida u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, don shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning 22 iyulida Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan don bitimi imzolangan. Mazkur bitim Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali eksport qilish imkonini bergan. Biroq shartnoma muddati joriy yilning 18 martida tugaydi. BMT bo‘lsa kelishuvni davom etishni talab qilmoqda.
LiveBarchasi