BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyoga keladi
Olam
−
28 iyun
4707BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 1-3 iyul kunlari Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyev xabar berdi.
“Cho‘lpon-Ota shahriga tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov, Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Quluboev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi loyihalaridan biriga tashrif rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar BMT doirasidagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qiladi hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
BMT Bosh kotibining tashrifi Qirg‘iziston Prezidenti taklifiga binoan bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Antoniu Guterrish 4 iyul kuni Ostonadagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga ham taklif qilingan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr