BMT Armaniston bilan nizoni hal qilishda hech qanday rol o‘ynamadi – Ilhom Aliyev

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Armaniston bilan nizoni hal qilishda hech qanday rol o‘ynamadi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bishkekda bo‘lib o‘tgan “SHHT plyus” sammitida so‘z ochdi.

O‘z nutqining boshida u Qirg‘izistonni 2027–2028 yillar davri uchun BMT Xavfsizlik kengashining muvaqqat a’zosi etib saylangani bilan tabriklab, bu xalqaro hamjamiyatning Qirg‘iziston siyosatini qo‘llab-quvvatlashidan dalolat berishini qayd etgan.

Shuningdek, u Ozarbayjon va Armaniston ikki mamlakat o‘rtasida yillar davomida sodir bo‘lgan nizoni qanday hal etganini eslatib o‘tgan.

“Bir yildan sal ko‘proq vaqt oldin Ozarbayjon va Armaniston tinchlik shartnomasi matnini parafirovka qilib, 30 yildan ortiq davom etgan nizoga chek qo‘ygan. Shu tariqa, ilgari ko‘p yillik nizolar hududi bo‘lgan Janubiy Kavkaz mintaqasi tinchlik zonasiga aylanmoqda. BMT Xavfsizlik kengashining 1993 yilda qabul qilingan to‘rtta rezolyutsiyasi 30 yildan so‘ng bajarildi. Ozarbayjon allaqachon Armanistonga neft mahsulotlari yetkazib bermoqda va uchinchi mamlakatlar yuklari tranzitini ta’minlamoqda. Armaniston bilan birgalikda o‘zaro savdo hajmini oshirish, uning nomenklaturasini kengaytirish va yangi quruqlikdagi transport kommunikatsiyalarini yaratish ustida ishlamoqdamiz”, deydi Aliyev.

Shu bilan birga, unga ko‘ra, BMT ushbu rezolyutsiyalarni bajarishda hech qanday rol o‘ynamagan. Ilhom Aliyev Ozarbayjon o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq mustaqil ravishda tiklaganini ta’kidlagan.

“BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini qisqa muddatda bajarish tegishli mexanizmlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Agar bu amalga oshirilsa, BMT nufuzi va tashkilotning nizolarni hal etishdagi rolini oshirishga xizmat qiladi”, deb hisoblaydi Ozarbayjon Prezidenti.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing