BMT Afg‘onistondagi ommaviy qatllardan xavotirda

Olam

image

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi Afg‘onistonda o‘tgan yili “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan beri birinchi marta ommaviy qatl o‘tkazilishidan qattiq xavotirda. Bu haqda BMT matbuot xizmati ma’lum qildi.

G‘arbiy Farah viloyatida besh yil avval boshqa bir odamni pichoqlab o‘ldirgani uchun o‘limga hukm qilingan bir kishi omma oldida qatl etilgan. “Tolibon” vakilining aytishicha, jabrlanuvchining otasi qatlni amalga oshirgan. Qatl marosimida yuqori martabali amaldorlar ishtirok etgan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Jeremi Lourens voqeani "juda tashvishli" deb atadi. 

U ommaviy qatllarning "shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo" turi ekanini eslatib, Afg‘oniston a’zo bo‘lgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt bilan himoyalangan yashash huquqiga zid ekanini ta’kidladi. 

Bir muncha vaqt oldin Afg‘oniston Oliy sudi o‘g‘irlik va zino kabi jinoyatlar uchun erkaklar va ayollarni ommaviy ravishda qoralashga qaytishni e’lon qildi. 

Bugun BMT o‘lim jazosi inson huquqlarining asosiy tamoyillariga mos kelmasligi va uning qo‘llanilishi yashash huquqiga zid ekanligini eslatdi. Tashkilot vakili de-fakto Afg‘oniston hukumatini har qanday keyingi qatllarga zudlik bilan moratoriy joriy etishga va o‘lim jazosini butunlay bekor qilish uchun tezkor harakat qilishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing