Afg‘onistonda “Tolibon” hukmronligidan beri birinchi marta o‘lim jazosi ijro etildi

Olam

image

“Tolibon” hukmronligi boshlanganidan beri birinchi o‘lim jazosi Afg‘oniston g‘arbida joylashgan Farah viloyatida amalga oshirildi. Bu haqda kecha, 7 dekabr kuni “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Afg‘oniston hukumati vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi. 

“Bugun biz qotildan qasos oldik. Hirot viloyatida yashovchi sudlanuvchi qo‘shni Farah viloyatida yashovchi fuqaroni o‘ldirgan, shundan so‘ng uning mototsikli va mobil telefonini tortib olgan. Qotilning shaxsini marhumning qarindoshlari aniqlagan va ular bir necha bor Farah hukumatidan hujumchini hibsga olishni so‘ragan”, deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.  

Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim hukmi haqida “Tolibon”ning oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda bilan muzokara qilingan: harakat rahbari “ushbu masalani har tomonlama muhokama qilib, natijada jinoyatchini sodir etgan jinoyati og‘irligi bo‘yicha teng jazo tayinlash prinsipi bo‘yicha jazolash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

Qatlni shu nomdagi provinsiyaning ma’muriy markazi Farah shahrida amalga oshirishga qaror qilingan. 

Unda “Tolibon” Oliy sudi rahbari vazifasini bajaruvchi Abdul Hakim Haqqoniy, Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy, Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy va harakatning boshqa yetakchilari ishtirok etgan.

Afg‘onistonning “Bakhtar” axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu qatl Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri, o‘lim hukmi oshkora ijro etilgan birinchi holat bo‘lgan. 

"Tolibon" Afg‘onistonda nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketish qarorini e’lon qilganidan so‘ng boshlagan edi. 15 avgust kuni “Tolibon” Qobulga jangsiz kirib keldi va 7 sentyabrda qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing