BMT Afg‘oniston to‘liq tanazzulga uchrashidan ogohlantirdi
Olam
−
11 Sentabr 2021
6474Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘oniston to‘liq tanazzulga uchrash xavfi ostida turganidan ogohlantirdi. BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Debora Layons Xavfsizlik Kengashiga Afg‘oniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tartibining to‘liq qulashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mamlakatga pul kiritish yo‘lini topish kerakligini ma’lum qilgan.
Debora Layonsga ko‘ra, Afg‘oniston inqiroz bo‘roniga duch kelgan. Natijada pul qadrsizlangan, oziq-ovqat va yonilg‘i narxi keskin ko‘tarilgan, banklarda naqd pul yetishmovchiligi boshlangan. Hukumatda oylik maoshni to‘lashga ham pul qolmagan.
Qayd etish kerakki, toliblar qulatgan Afg‘oniston hukumatining 75 foiz xarajatini AQSH boshliq donor davlatlar to‘lab kelgan.
“Al Jazeera” telekanali Afg‘oniston Markaziy bankining 10 milliard dollar atrofidagi aktiflari xorijiy banklarda “muzlatib qo‘yilgani” haqida yozgan. Bu pullar toliblarga bosim o‘tkazishning asosiy richagi sifatida ko‘rilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham Afg‘onistonning favqulodda vaziyatlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan 440 mln dollar puli toliblarga o‘tmasligi uchun “muzatib qo‘ydi”.
LiveBarchasi