“Bloomberg”: Yevropaliklar gaz va elektr energiyasi uchun rekord miqdorda pul to‘laydi
Olam
−
07 noyabr 2022 7333 1 daqiqa
Yevropaning elektr va gaz uchun to‘lovlari rasmiylarning qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, rekord darajaga yetdi. Bu haqda dushanba kuni "VaasaETT" energetika konsalting firmasi hisob-kitoblariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oktyabr oyida Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada gazning o‘rtacha chakana narxi kilovatt/soatiga 18 yevro sentni tashkil qilgan va bu 2021 yilga nisbatan ikki baravar qimmat bo‘lganligini ko‘rsatadi. Maishiy elektr energiyasi narxi 67 foizga oshib, bir kilovatt/soat uchun 36 yevro sentgacha yetdi, deb yozadi agentlik.
Oylik hisobda Yevropada elektr energiyasi uchun o‘rtacha tarif 3,4 foizga, gaz uchun esa 2,5 foizga oshdi. Oyiga eng katta o‘sish Irlandiya va Italiyada qayd etilgan. Dublinda elektr energiyasi tariflari 44 foizga, Rimda gazning o‘rtacha narxi esa 97 foizga oshdi.
Agentlikning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari energetika inqirozi fonida fuqarolar va biznesni himoya qilish uchun 550 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratish majburiyatini olgan. “Bloomberg”ning ta’kidlashicha, elektr va gaz narxi qish yaqinlashganda yanada oshishi kerak.
Quvonchbek G‘aybullayev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr