“Bloomberg” dunyoning eng boy TOP-10 oilalari ro‘yxatini e’lon qildi 

Bu qiziq

image

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng boy oilalar reytingida Walmart ulgurji va chakana savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan Uolton oilasi birinchi o‘rinda turadi. Agentlik uning boyligini 238,2 milliard dollarga baholadi.

Ma’lumot o‘rnida, Walmart 1962 yilda tadbirkor Sem Uolton tomonidan tashkil etilgan. Hozirda dunyo bo‘ylab 10,5 mingdan ortiqa do‘konlarga ega kompaniyaning daromadi 559 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Uoltonlar oilasi tarmoqning 48 foiz aksiyalariga egalik qiladi.

Eng boy 10 ta oilaga quyidagilar kiradi:

2. Qandolat mahsulotlari va uzoq muddat saqlash mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Mars kompaniyasiga egalik qiluvchi Mars oilasi – 141,9 milliard dollar;

3. Amerikaning “Koch Industrues” neft-kimyo korporatsiyaga egalik qiluvchi Kox oilasi – 124,4 milliard dollar;

4. Fransuz moda uyi Hermes’ga egalik qiluvchi Hermes oilasi – 111,6 milliard dollar;

5. Saudiya qirollik oilasi Al-Saud – 100 milliard dollar;

6. Hindistonda neft qazib olish va qayta ishlash “Reliance Industries” holdingiga egalik qiluvchi Ambani oilasi – 93,7 milliard dollar;

7. Chanel fransuz moda uyiga egalik qiluvchi Vertxaymer oilasi – 61,8 milliard dollar;

8. Amerikaning aktivlarni boshqarish kompaniyasi – “Fidelity Investments”ga egalik qiluvchi Jonson oilasi – 61,2 milliard dollar;

9. “Thomson Reuters” media kompaniyasiga egalik qiluvchi Tomson oilasi – 61,1 milliard dollar;

10. Germaniyaning “Boehringer Ingelheim” farmatsevtika kompaniyasiga egalik qiluvchi Byoringer oilasi – 59,2 milliard dollar.

Jami bo‘lib reytingga 25 ta oila kiritilgan. Ular orasida Germaniyaning Aldi diskaunterlar tarmog‘iga (51 milliard dollar) ega bo‘lgan Albrext oilasi, “Estee Lauder” kosmetika brendining egalari (49,3 milliard dollar), Fransiyaning savdo giganti Auchan’ga (45,9 milliard dollar) egalik qiladigan Myule oilasi hamda BMW egalari hisoblangan Kvandt oilasi bor (42,3 milliard dollar).

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng badavlat 25 oilasining umumiy boyligi 1,7 trillion dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 22 foizga ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

527

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing