Bloger Otabek Nuriddinov ishi: ertaga kassatsiya sudi boshlanadi
Jamiyat
−
03 yanvar 2020
5698Bir necha kundirki, muhokamalar markazida turgan bloger Otabek Nuriddinov ishi bo‘yicha kassatsiya shikoyati berilibdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
2019 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyat ma’muriy sudining ochiq sud majlisida Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov) ga oid O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, A. Nuritdinov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
2020 yil 3 yanvar kuni huquqbuzar A. Nuritdinov tomonidan Andijon viloyat ma’muriy sudiga shu sudning 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat keltirilgan bo‘lib, ushbu shikoyat asosida A. Nuritdinovga oid ma’muriy ish viloyat sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rish uchun rasmiylashtirilgan.
Mazkur ma’muriy ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi 2020 yil 4 yanvar kuni soat 11.00 ga tayinlanganligi ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi