Bloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
3-sahifa
−
17:38 2112 2 daqiqa
Bloger Aziz Hakimov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 11 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida Aziz Hakimovga (1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) doir jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi o‘qilgan.
Sudlanuvchining harakatlarida Jinoyat kodeksining 150-moddasida (urushni targ‘ib qilish) nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan oqlangan.
Aziz Hakimov Jinoyat kodeksi 139-moddasining 2-qismida (tuhmat), 140-moddasining 2-qismida (haqorat qilish) hamda 156-moddasining 2-qismida (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan.
Jinoyat kodeksining 59,61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 4 (to‘rt) yil, 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jazoni o‘tash muddati 2025 yilning 26 sentyabridan hisoblanishi belgilangan.
Shuningdek, sud hukm bilan Raqamli texnologiyalar vazirligiga sudlanuvchi tomonidan yuritilgan Telegram messenjeridagi “Comrade_Aziz” kanalini bloklash majburiyati yuklatilgan.
Bundan tashqari, ish bo‘yicha 6 (olti) nafar jabrlanuvchiga o‘zlariga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat etish va sudlanuvchiga hukmga nisbatan yuqori sud instansiyasiga shikoyat berish muddati va tartiblari tushuntirilgan.
Live
Barchasi