Blinken Misr Prezidenti bilan urushdan keyingi G‘azo taqdirini muhokama qildi
Olam
−
12 yanvar
2621Kecha, 11 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqqa safarining so‘nggi bekatida Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan “urushdan keyingi G‘azo” istiqbolini muhokama qildi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar berdi.
Blinken Misr poytaxtidagi prezidentlik saroyida Sisi bilan uchrashgan. U Qohiraga Bahraynga tashrifidan so‘ng yetib keldi.
Davlat kotibi Manamada Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al Xalifa bilan husiylarning Qizil dengizdagi hujumlarini muhokama qilgan.
Misrda esa u Prezident Sisi bilan Isroilning G‘azoga hujumlaridan jabrlangan Falastin tinch aholisi va urushdan keyingi G‘azodagi vaziyatni gaplashib olgan.
AQSH Davlat departamenti vakillarining bildirishicha, Blinken va Sisi “mojaro avj olishi va uning boshqa mintaqalarga tarqalishining oldini olish” masalasini ham ko‘rib chiqqan.
Shunday qilib, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri Yaqin Sharq bo‘ylab to‘rtinchi safarini yakunladi. U Turkiya, Gretsiya, Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Isroil, Falastin va Bahraynda bo‘lib, rasmiylar bilan uchrashdi.
LiveBarchasi