Blinken Mirziyoyev va To‘qayev bilan uchrashadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 24 fevral kuni AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Blinkenning joriy yil 28 fevral – 3 mart kunlariga belgilangan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga tashrifi doirasida u Qozog‘izton va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashadi. 

Shuningdek, u Ostonada Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va AQSH o‘rtasidagi C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Ko‘p tomonlama uchrashuvdan so‘ng Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari besh vazirning har biri bilan ham yuzma-yuz muloqot o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

“Bundan tashqari, u Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari bilan ham uchrashadi”, deydi Donald Lu. 

Ma’lumot uchun, bu tashrif Blinken davlat kotibi lavozimini egallagandan beri O‘zbekistonga ilk marotaba kelishi hisoblanadi. Oldingi davlat kotibi Mayk Pompeo bundan uch yil oldin 2020 yil 2-3 fevral kunlari Toshkentga kelgan, Prezident Mirziyoyev va o‘sha paytdagi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Blinkenning Toshkentga kelayotganini tasdiqlagandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing