Blinken Markaziy Osiyoni Rossiyaning energetika sirtmog‘iga tushishdan ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Rossiya Prezidenti Putin energiya resurslari va oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanmoqchi ekanini aytib, Markaziy Osiyo davlatlarini ogohlantirdi. Bu haqda u Toshkentga tashrifi yakuniga bag‘ishlangan manbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Rossiya bugun boshqa mamlakatlarga oziq-ovqat mahsulotlarining esport qilinishida to‘sqinlik qilmoqda.

“Yuqorida Rossiya agressiyasining Markaziy Osiyoda ham takrorlanmasligiga qanday kafolat bor, deb aytdik. Bu birinchi o‘rinda energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishiga, inflyatsiyaga olib keladi. Mana, Ukrainada ham shunday oqibatlarga olib keldi. 

Biz esa dunyo bozorida yetarli energiya rusurslari bo‘lishiga harakat qilmoqdamiz. Putin energiyani qurol sifatida ishlatayotgan mamlakatlarga yordam berishga urinyapmiz. Shuningdek, Putin oziq-ovqatni ham qurol sifatida ishlatib, asosiy ozuqa bo‘lgan bug‘doyning Ukrainadan eksport qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda. BMT va Turkiyaning vositachiligida biz Don yo‘lagini ochishga harakat qildik”, deydi u jurnalistlarning ayni mavzudagi savollariga javoban.

Shuningdek, u O‘zbekistonga amalga oshirgan bu tashrifi Putinning Ukrainaga qarshi agressiyasining bir yilligi fonida ekanini eslatib, urush butun dunyoda, jumladan, Markaziy Osiyoda ham odamlar uchun qiyinchiliklarga sabab bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. 

"Bu tajovuzning ikkinchi va uchinchi darajali oqibatlari hali ham sezilmoqda. Darhaqiqat, Markaziy Osiyodan ko‘ra ko‘proq mintaqalar, jumladan, oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi davom etayotgan O‘zbekistondan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatdi. Har doimgidek, bu eng zaiflarga eng og‘ir ta’sir qiladi. Shuning uchun AQSH Prezidenti Putin Ukrainaga qarshi tajovuzni boshlaganidan beri bu mintaqaga 16 million dollardan ortiq shoshilinch oziq-ovqat yordami ko‘rsatdi.

Bu voqealar O‘zbekistonning saxovatpesha ekanini yana yuzaga chiqardi. Hukumat, O‘zbekiston xalqi Ukrainaga oziq-ovqat va tibbiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirdi. Ular Prezident Putin urush boshlaganidan keyin o‘z vatanlarini tark etgan o‘n minglab Rossiya fuqarolarini qabul qilishda davom etmoqda.

Rossiyaning bostirib kirishi ham butun mintaqada chuqur tashvish uyg‘otdi. Axir, agar qudratli davlat suveren qo‘shnisining chegaralarini kuch bilan yo‘q qilishga urinishga tayyor bo‘lsa, uni boshqalarga ham shunday qilishiga nima to‘sqinlik qiladi? Buni Markaziy Osiyo mamlakatlari ham, Qo‘shma Shtatlar ham, butun dunyodagi sheriklar va ittifoqchilar ham tushunadi. Aynan shuning uchun biz nafaqat Ukraina, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligini va butun dunyo davlatlari uchun mustaqillik tarafdori bo‘lganmiz va shunday bo‘lib qolamiz", dedi Blinken.

Qolaversa, u AQSHning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikka intilishi kuchayayotganini aytib, Qo‘shma Shtatlarning suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxliklikni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

“Biz bilamizki, Markaziy Osiyo dunyoning murakkab bir hududida joylashgan. Uzoq yillar davomida turli mamlakatlar bilan tarixiy va geografik munosabatlar o‘rnatgan. Shu bilan birga, bu yerdagi har bir mamlakat o‘z munosabatlarini boshqa davlatlar, jumladan, AQSH bilan mustahkamlashni istaydi. O‘z navbatida AQSH ham izchil sherik bo‘lishni va bu yo‘lda yangi imkoniyatlar yaratishni xohlaydi”, deya o‘z fikrini bildirgan Blinken.

Bundan tashqari, u sanksiyalar masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan va Rossiyaga qarshi e’lon qilinayotgan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlarga o‘z tashakkurini bildirgan.

“Sanksiyalar masalasiga kelsak, faqat AQSH emas, boshqa ko‘plab mamlakatlar Rossiyaga sanksiya e’lon qilgan. Aslida sanksiya e’lon qilish va eksportni nazorat qilish haqidagi qarorlar osonlikcha qabul qilinmaydi. Bu Rossiya Ukrainaga tajovuz qilgani sababli Ukrainani himoyalash, Rossiyaga o‘zining xulq-atvorini o‘zgartirish, urushni davom ettirishga qiyinchilik tug‘dirish uchun qo‘yilgan. Shuning uchun biz sanksiyalar ishlashiga yordam berayotgan davlatlarga minnatdorlik bildiramiz. Biz mintaqa bo‘ylab hukumatlar bilan ish olib boryapmiz va ushbu sanksiyalarni tushuntirib beryapmiz”, deydi u. 

Shuningdek, janob kotib yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlarni bartaraf etishga yordam bermoqchi ekanini aytib, buning uchun mamlakatlarga eksport litsenziyalarini berishda ko‘maklashayotganini mamnuniyat bilan tilga olgan. 

“So‘zim yakunida shuni aytmoqchimanki, bu mintaqani o‘z savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishdan iborat va boshqa mamlakatlardan, jumladan AQSHdan ham savdo ko‘lamini oshirishlari tarafdorimiz. Bunda mamlakatlar hech bir mamlakatga qaram bo‘lmaslikni ta’minlashi lozim. 
Ayni paytda MO davlatlarining o‘zaro savdo aloqalarini ham rivojlantirishga yordam bermoqdamiz. Bunda ko‘plab hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishining tarafdorimiz. Qancha ko‘p hamkorlik bo‘lsa, tashqaridan ham shuncha ko‘p sarmoya kiraveradi”, deya fikrlarini tamomlagan Blinken.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing