Blinken Isroilga keldi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bugun, 30 yanvar kuni Isroilga keldi. Bu haqda “Reuters“ nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amerika diplomatiyasi rahbari Quddusga borishi va u yerda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. So‘ngra uni Isroil prezidenti Isxak Gersog ham qabul qiladi. Uchrashuvlarning asosiy mavzusi Falastin-Isroil mojarosini hal qilish yo‘llarini izlash bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, Blinken Tel-Avivga jo‘nab ketish oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida vaziyat juda og‘irligini, ko‘p oylar davomida zo‘ravonlik kuchayib borayotganini va bu ko‘pchilikka ta’sir qilganini aytgan.

“Biz tomonlarni vaziyatni tinchlantirish, keskinlikni yumshatish uchun qadamlar tashlashga undaymiz”, dedi Davlat kotibi Blinken.

Ma’lumot uchun, Blinkenning 29-31 yanvar kunlariga mo‘ljallangan Yaqin Sharq safarini Misrdan boshlagan edi. Endilikda u Isroildan keyin G‘arbiy Qirg‘oqqa ham tashrif buyurishni va u yerda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashishni rejalashtirgan. Amerika diplomatiyasi rahbari falastinliklar va isroilliklar bilan mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga yordam beradigan muzokaralar olib borish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quddusda vaziyat chigallashib, terakt sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing