Blinken Gruziyani putinparast qonunni qabul qilish xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Gruziyaning “Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vakillar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasi tinglovida ma’lum qildi. 

“Biz bunga javoban nima qilishimiz mumkinligini diqqat bilan ko‘rib chiqyapmiz. Va biz chora ko‘rishimizni kutaman”, deydi u Gruziyada ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasini izohlar ekan. 

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, YeI Gruziyaning qo‘shilish jarayoniga ta’sirini o‘rganmoqda.  

“Men bundan keyin ham harakatlar bo‘lishini kutgan bo‘lardim”, deb xulosa qildi tashqi siyosat idorasi rahbari.  

Blinken Vashington qonun loyihasidan juda xavotirda ekanligini ta’kidladi va bu gruzinlarning aksariyat qismining Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuvga intilish istagiga aniq zid degan fikrni bildirdi. 

Ayni paytda hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi bosh kotibi, Tbilisi meri Kaxa Kaladze respublika tomonidan “Xorijiy agentlar to‘g‘risidagi” qonun qabul qilinishi ortidan YeI bilan vizasiz rejimning to‘xtatilishi mumkinligini nomaqbul deb atadi.  

U Gruziya do‘stlik, hamkorlik va sheriklikka, sog‘lom munosabatlarga tayyor ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika o‘zining samarali qadamlari bilan ishonchli hamkor ekanligini allaqachon isbotlab bo‘lgan.

Rossiyaparast qonun mashmashasi

14 may kuni Gruziya parlamenti “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi, bu esa Yevropa Ittifoqining mamlakatning Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuvini to‘xtatib qo‘yish tahdidlari haqida keskin bayonotlarga sabab bo‘ldi. Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili 18 may kuni qonunga veto qo‘ygan edi. Avvalroq Bosh vazir Irakliy Kobaxidze, agar Prezident tomonidan berilgan asosli izohlar maqbul bo‘lsa, parlament veto qo‘yishni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytgan edi. Shu bilan birga, Zurabishvili ta’kidlaganidek, u o‘zgartirishlar kiritmaydi, chunki qonunni qabul qilish mumkin emas. 

18 may kuni Zurabishvili chet el agentlari to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘yib,uni bekor qilish kerakligini, chunki u Yevropa standartlariga zid va uni qabul qilish mumkin emasligini aytdi. Keyinroq OAVda prezidentning parlamentga aytgan so‘zlari tafsilotlari paydo bo‘ldi. Ularda u qonunning bandlariga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi va kuchga kirgandan keyingi kun uni bekor qilishni taklif qiladi. 

“Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish joriy yilning aprel oyida boshlangan. O‘shandan beri Gruziyada keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha marta ular xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvga aylangan.  Qonunga AQSH, Yevropa Ittifoqi, BMT, NATO, YeXHT va Yevropa Kengashi qarshi chiqmoqda. Yevropa yetakchilari bu qonun Yevropa qadriyatlariga zid ekanini aytadi. Gruziyaning hukmron partiyasi yetakchilarining ta’kidlashicha, u faqat nodavlat sektor va ommaviy axborot vositalarining xorijdan moliyalashtirilishi shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Evropa Ittifoqi Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing