Blinken Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, AQSHning maqsadini aytdi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 16 noyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi. 

Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlarining yaqinda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvini eslatib, Amerika diplomatiyasi rahbari Qo‘shma Shtatlar Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga hissa qo‘shishga qat’iy qaror qilganini ta’kidladi. 

Blinken Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish va tinchlik shartnomasini imzolash uchun tarixiy imkoniyat borligini bildirdi. 

Prezident Ilhom Aliyev, o‘z navbatida, Davlat kotibi Entoni Blinkenning Janubiy Kavkazdagi muloqotga doimiy e’tibor qaratayotganini yuqori baholadi. 

Ozarbayjon rahbarining ta’kidlashicha, sa’y-harakatlar va muzokaralarga qaramay, Armaniston rahbariyati so‘nggi kunlarda qarama-qarshi bayonotlar berib kelmoqda, bu esa munosabatlarni normallashtirish va tinchlik kun tartibini ilgari surish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Suhbatdoshlar tinchlik shartnomasi va ishonch choralari bo‘yicha navbatdagi uchrashuv o‘tkazish yuzasidan fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Entoni Blinken

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing