Bizni shu paytga qadar ezib kelgan kuch tomon intilibmiz – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat
−
13 Oktabr 2023
43202Avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘layotgan sammitda MDH davlat rahbarlarining rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish to‘g‘risidagi bayoni,“Xalqaro rus tili tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi shartnomaga ham e’tirozsiz imzolangani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonning ham bu qarorga rozi bo‘lganini eshitgan pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev o‘z g‘azabini yashirib o‘tirmadi. Bu haqda u QALAMPIR.UZ’ga shunday dedi:
“Bu borada mening fikrim salbiy. Yana ham orqaga qadam tashlash bo‘libdi. Bizni shu paytga qadar ezib kelgan kuchga tomon intilibmiz. Shuncha yillar davomida erishib kelgan yutuqlarimizni boy beribmiz. Agar rus tili millatlararo til deb topilgan bo‘lsa, endi bizning idoralarimizda boshqa tillarga ham “Xudo beribdi”.
O‘zbek tili jonkuyarining fikricha, endilikda O‘zbekistonda ona tilini o‘rganish shart emas, degandek to‘xtam paydo bo‘lishi mumkin va bu juda yomon holat.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvaning O‘zbekistonda rus tili mavqeyini mustahamlash rejasini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Rossiya bilan ittifoqdosh barcha mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda ham rus tiliga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishi kerak edi.
LiveBarchasi