“Biznesni rivojlantirish banki” 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi
Biznes
−
22 iyul 3624 2 daqiqa
“Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaroning bandligini ta’minladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bankning joriy yil o‘tgan davridagi faoliyati amaliy natijalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ma’lum qildi.
.jpg)
2025 yilning 6 oyi davomida “Biznesni rivojlantirish banki”ga respublika bo‘yicha biriktirilgan 653 ta mahallada 138 ming 500 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Shundan 50,5 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 88 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 135,6 mlrd so‘mlik 4 992 ta moliyaviy paketlar yetkazib berildi hamda 15 ming 104 ta mikroloyihalar amalga oshirildi. Natijada 30952 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
-Recovered.jpg)
“Uychi tajribasi” asosida xududlarda 684 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, 2 992 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 3 804 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
-Recovered(1).jpg)
Brifingda qayd etilishicha:
- bankning jami mijozlari soni 1 mln 793 ming 878 tadan oshdi;
- bankning umumiy kapitali 5 trln 86 mlrd 339 mln so‘mni tashkil etdi. Bank kapitali 790 mlrd 888 mln so‘mga yoki 18,4 foizga o‘sgan;
- bankning jami aktivlari 35 trln 654 mlrd 454 mln so‘mga yetdi. Jami aktivlar yil boshiga nisbatan 3 trln 521 mlrd 56 mln so‘mga oshdi;
- bankning daromad keltiruvchi aktivlari 30 trln 75 mlrd 570 mln so‘mga yetdi. Daromad keltiruvchi aktivlar yil boshiga nisbatan 3 trln 273 mlrd 455 mln so‘mga oshdi yoki 12,2 foizga o‘sish kuzatilgan;
- bankdagi banklararo depozitlar qoldig‘i 4 trln 615 mlrd. 916 mln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 1 trln 230 mlrd 589 mln so‘mga oshdi. Yoki 36,4 foiz o‘sishga erishilgan.
-Recovered(2).jpg)
Brifingda bank rasmiysi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali mijozlar ishonchini qozonishga va O‘zbekiston moliya bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlashga intilishini ta’kidladi.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi