“Biznes-trener” Islom Ibrohimov qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Biznes-trener Islom Ibrohimov qidiruvga berildi. Bu haqda IIV rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Saytda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Islom Ibrohimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.

Jinoyat kodeksida ushbu turdagi jinoyat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.

Islom Ibrohimov asosan biznes yo‘nalishida trening olib borgan. U o‘z treninglarida boy bo‘lish sirlari haqida ma’ruza qilgan. Ma’lum bir to‘lov evaziga turli viloyatlarda ushbu turdagi treninglar o‘tkazib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Treningchi Islom Ibrohimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar