Biznes-ombudsman 2,1 mingdan ortiq mansabdorga ish qo‘zg‘atilishiga bosh-qosh bo‘ldi
3-sahifa
−
13 yanvar 2023
49742022 yilda tadbirkorlik sohasida 20 ming 928 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi va 2 ming 126 nafar mansabdorlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgan. Bu haqda Prezident huzuridagi Biznes-ombudsmanning Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamshid Hasanov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlik sub’ektlaridan Biznes-ombudsmanga jami 9850 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 4319 ta holatda (48 foiz) tadbirkorning huquqlari tiklangan, qolgan murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyatlari bo‘yicha tahlil etilganda:
• 18 foizi soliq;
• 14 foizi yer, kadastr va arxitektura;
• 14 foizi bank, kredit;
• 9 foizi infratuzilma;
• 6 foizi sud va boshqa masalalardagi murojaatlarga to‘g‘ri kelgan.
Tadbirkorlarga nisbatan sodir etilgan 20928 ta qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 2591 ta ta’sir chorasi qo‘llanilib, shundan 2126 nafar mansabdor va mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ularga 5,1 mlrd so‘m jarima qo‘llanilgan.
Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarning:
• 797 tasi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;
• 675 tasi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish;
• 414 tasi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish;
• 240 tasi boshqa huquqbuzarliklarga to‘g‘ri keladi.
Aniqlangan va ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarliklar Namangan viloyatida 243 tani, Samarqand viloyatida 205 tani, Toshkent shahrida 189 tani va Qashqadaryo viloyatida 183 tani tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich sohalar kesimida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tizimida 321 ta, soliq idoralarida 250 ta, Qurilish vazirligi tizimida 194 ta va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimida 179 taga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar manfaatlarida 51,3 milliard so‘mlik da’volar kiritilgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida noqonuniy qabul qilingan 198 ta qaror va hujjat bekor qilinib, 123 nafar mas’ul shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Tadbirkorlarning 436 gektar yer maydoniga bo‘lgan mulk huquqlari tiklangan.
LiveBarchasi