“Bizga ular kerak emas”. Podolyak Sobchak va Simonyanga qilingan suiqasdga izoh berdi

Sport

image

Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobchakni o‘ldirishga urinish Ukraina uchun hech qanday ahamiyatga ega emasligini, ularning o‘limi hech nimani hal qilmasligini aytdi. Uning so‘zlarini “Strana.ua” keltirgan.

Uning fikricha, Ukrainaga ular kerak emas, ular mutlaqo hech narsaga ta’sir qilmaydi.

Simonyan ham, Sobchak ham bo‘layotgan voqealarda, umuman urush doirasida ham, Rossiyaning global dunyoda o‘z o‘rnini yo‘qotishi doirasida ham muhim rol o‘ynamaydi, deydi Podolyak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobchakka suiqasd qilingandi. Ularga nisbatan qilingan suiqasd Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan oldi olingandi.

Mamlakat Federal xavfsizlik xizmati suiqasdni amalga oshirishga uringan shaxslar Ukraina xavfsizlik xizmati ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilgan “Paragraf-88” guruhi tomonidan tayyorlanganini iddao qilgandi.

Ma’lumot uchun, Kseniya Sobchak 1991-1996 yillarda Sankt-Peterburg meri vazifasini bajargan Anatoliy Sobchakning qizi hisoblanadi. Kseniya Sobchakning otasi o‘z vaqtida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevlarning Leningrad universitetidagi huquq professori bo‘lgan. Sobchak, shuningdek, Putinning siyosiy faoliyatini boshlashiga ham katta yordam bergan. Keyinchalik korrupsiyada ayblanib, qidiruvga berilganida Putin uni chet elga qochirib yuborgan. Uning qizi Kseniya Sobchak ham otasining Putin bilan yaqin aloqalari sababli alohida mavqega ega hisoblanadi. 

Putinning “tutungan qizi” sifatida ko‘riluvchi Kseniya Sobchak 2010 yillar boshida unga qarshi bir qator namoyishlarda qatnashgan. 2018 yilda Rossiya prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yganidan so‘ng muxolifatning qo‘llovini boy bergan. Aleksey Navalniy uni soxtalikda ayblab, “Kremlning loyihasi” deb atagan.

Margarita Simonyan esa Kremlning asosiy tashviqotchisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Podolyak Sobchak Simon'yanga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar