MB raisi “Bloomberg”ga intervyu berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston shu yil dollardagi ikkinchi yevroobligatsiyalarini chiqarish orqali dunyo qarz bozoriga kirishi mumkin. Dastlabki yevroobligatsiyalar joriy yilning fevral oyida chiqarilgandi.

“Xalqaro investorlar mamlakatning kredit tarixini ko‘ra olishlari kerak. Bizning birinchi kreditimiz tarix bo‘lmaydi, u shunchaki, etalon”, degan O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmurodov “Bloomberg” nashriga bergan intervyusida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston siyosatchilari birinchi yevroobligatsiyalarning sotilganiga mamlakatdagi iqtisodiy qayta qurishning samarsi sifatida qarayapti. Shuningdek, “Bloomberg” 20 yildan ortiq vaqtdan keyin O‘zbekiston valyuta bozori liberallashtirilishi va isloh qilinishi ortidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatni qo‘llab-quvvatlaganini ham eslatib o‘tgan.

O‘zbekistonga S&P Global Ratings va Fitch Ratings agentliklari tomonidan Braziliya, Shimoliy Makedoniya va Gruziya kabi BB- suveren kredit reytingi berildi. Bu investitsiya reytingidan 3 pog‘ona past degani.

Nurmurodovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ikkinchi marta ham 1 mlrd dollarga teng 5 va 10 yillik yevroobligatsiyalar chiqarishi rejalashtirilyapti. Bundan tashqari, tijorat banklari ham shu yildan dollardagi obligatsiyalarni chiqarishi mumkin.

“Bizga davlat xarajatlari uchun pul kerak emas, biroq xalqaro bozorda ishtirok etishimiz kerak. Ayni vaqtda dollarda obligatsiya chiqarishimiz mantiqan to‘g‘ri. Negaki, tashqi savdo faoliyatimiz asosan dollarda”, degan Nurmurodov.

Investorlar O‘zbekistonning birinchi yevrobondlariga 5,5 mlrd dollar taklif qilyapti. Obligatsiyalar 14 fevralda chiqarilganidan keyin rivojlanayotgan bozorlardagi 6,2 foizlik o‘rtacha qarz majburiyatidan 8,4 foizga qaytgan.

Maqolada XVJning mart oyidagi bayonotida keltirilganidek O‘zbekiston islohotlarning birinchi to‘lqinini muvaffaqiyatli amalga oshirgani, endilikda yanada keng ko‘lamli tizimli qayta qurish ishlarini olib borish uchun rejalarini aniqlab olishi kerakligi aytilgan. XVJ taxminlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati shu yili 5,5 foizga, kelasi yili 6 foizga yetadi.

“Xorijiy investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya olib kelishlari hamda bizning suveren qarz bozorimizga kirishlari uchun signal beryapmiz”, degan Mamarizo Nurmurodov.


Maqola muallifi

Teglar

Bloomberg Mamarizo Nurmurodov Maraziy bank

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing