Bizda Eron dronlari chiqarilmaydi – Tojikiston Gordonni o‘ylamay gapirmaslikka chaqirdi

Olam

image

Rasmiy Dushanbe ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonning Eronning Rossiyaga berayotgan dronlari Tojikistonda ishlab chiqarilishi haqidagi so‘zlarini rad etdi. Bu haqda Tojikiston TIV bayonotida aytiladi.

“Biz ukrainalik bloger Dmitriy Gordonning 2022 yil 28 oktyabrda “Gordonnikida mehmonda” onlayn-dasturida Eron tomoni Tojikistonda ukrainaliklarni o‘ldiradigan uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqargani haqidagi so‘zlarini rad etamiz”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Tojikiston Respublikasi uchinchi davlatlarga harbiy texnika eksport qilmaydi.

Shuningdek, Tojikiston TIV Gordonga bunday izohlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni va tarqatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirishni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, jurnalist Dmitriy Gordon isroillik milliarder Leonid Nevzlin bilan suhbatda Eronning Rossiyaga berayotgan dronlari dastlab Iroq, Suriya va O‘zbekistonda yig‘ilishini aytgandi. Keyinchalik, u  O‘zbekistonda Rossiyaga yuborilayotgan Eron jargovar dronlari ishlab chiqarilishini aytib adashganini tan oldi. U “Gordonnikida mehmonda” loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekistonni emas, Tojikistonni nazarda tutganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing