Biz olov bilan o‘ynayapmiz – Rim papasi yadroviy tahdidlar haqida

Olam

image

Rim papasi Fransisk Ukrainadagi urushni to‘xtatish va qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida jiddiy muzokaralar boshlashga chaqirdi. Bu haqda u Bahraynga tashrifi chog‘ida aytib o‘tgan.

“Biz Ukrainada davom etayotgan urushni to‘xtatish va tomonlar o‘rtasida jiddiy muzokaralar boshlashga chaqiramiz”, deydi Rim-katolik cherkovi rahbari.

Papa dunyoni mo‘rt muvozanatdagi jar yoqasiga yetaklayotgan qarama-qarshi bloklar mantig‘ini tanqid qilgan.

Shuningdek, u Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida yadro qurolidan foydalanish tahdidlariga yo‘l qo‘yilmasligini aytib o‘tgan.

“Biz fojiali ssenariyning guvohi bo‘layotganga o‘xshaymiz. Biz hamma odamlarga g‘amxo‘rlik qilish o‘rniga olov, snaryad va raketalar, ko‘z yoshlari va o‘limga sabab bo‘ladigan qurollar bilan o‘ynayapmiz”, deydi Papa  Fransisk.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing