Biz Donbassni tark etmaymiz – Zelenskiy

Olam

image
Ukraina Alyaskada yo o‘ladi, yo qoladi – Weekend north_east

Ukraina Alyaskada yo o‘ladi, yo qoladi – Weekend

Yevropa Ukraina taqdiri Ukrainasiz hal qilinishidan xavotirlanmoqda north_east

Yevropa Ukraina taqdiri Ukrainasiz hal qilinishidan xavotirlanmoqda

Ukraina Donbassni tark etmaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 12 avgust kuni jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

Amerikaliklar hududlar almashinuvining qanday konfiguratsiyasini taklif qilayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, davlat rahbari shunday dedi:

“Biz Donbassni tark etmaymiz. Biz buni qila olmaymiz. Birinchi qismni hamma unutyapti – bizning hududlarimiz noqonuniy ravishda bosib olingan”.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Donbass Rossiya uchun “kelajakdagi yangi hujumga tramplindir”.

“Agar biz Donbassni o‘z ixtiyorimiz bilan tark etsak yoki bosim o‘tkazilsa, uchinchi urush ochamiz. Nega? Qrim mamlakatimiz janubiga hujum qilish uchun 100% tramplin edi. Donbass 100% o‘z fuqarolari foydalanilmasligi, hech qanday safarbarlik amalga oshirilmasligi va separatistlarni rus armiyasiga aylantirish uchun tramplin bo‘ldi”, dedi u.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya hujumchi qo‘shinlarining eng kuchli qismlaridan biri aynan 2014 yildan keyin bosib olingan hududlardan yollangan odamlardir. Ya’ni keng ko‘lamli bosqinchilik uchun ko‘priklar shakllantirilmoqda.

“To‘liq miqyosli bosqindan so‘ng, agar bugun biz Donbassni, istehkomlarimizni, relefimizni, o‘zimiz nazorat qiladigan balandliklarni tark etsak, Rossiyaga hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘priklar ochamiz. Bir necha yil va Putinning Zaporoje va Dnepr viloyatlariga yo‘li ochiq bo‘ladi. Va bu hammasi emas. Shuningdek, Xarkovga ham. Shuning uchun, mening fikrimcha, har qanday hudud masalasini xavfsizlik kafolatlaridan ajratib bo‘lmaydi. Hozir ularga 9 ming kvadrat kilometrga yaqin yer berishmoqchi, bu Donetsk viloyatining taxminan 30 foizini tashkil etadi va bu ularning yangi tajovuzlari uchun ko‘prikdir”, deya ta’kidladi Zelenskiy.

Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Alyaskadagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotganda, Rossiya Ukrainada uch yo‘nalish – Zaporoje, Pokrovsk va Novopavlovsk bo‘yicha hujumga hozirlik ko‘rayotganini va u yerga Sumi yo‘nalishidan qo‘shinlarni o‘tkazayotganini aytdi.

“Biz Zaporojeda 15 mingga yaqin, Pokrovskda 7 mingga yaqin, Novopavlovskda esa 5 mingga yaqin qo‘shimcha askar bo‘lishiga ishonamiz”, dedi u.

Kiyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi hujum uchun Kursk viloyatidan ham qo‘shinlar olib kelinadi. Rossiya buni sentyabrgacha boshlashga tayyor.

Zelenskiy Rossiyaning Dobropole yaqinidagi Pokrovsk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatini Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Rossiya Federatsiyasi uchun zarur bo‘lgan axborot fonini yaratish istagi bilan bog‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus qo‘shinlarining texnikasiz guruhlari bu hududda bir necha nuqtalarda taxminan 10 km ilgarilab ketgan, ularning ba’zilari qo‘lga olingan yoki o‘ldirilgan.

“Ushbu reklamaning maqsadi biz uchun aniq: 15 avgustga qadar ma’lum bir axborot fonini yaratish, ayniqsa Amerika makonida Rossiya olg‘a ketayotgani, Ukraina esa hududini yo‘qotayotgani haqida”, deydi Ukraina Prezidenti.

8 avgust kuni Oq uy Rossiya yetakchisi bilan 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishini ma’lum qildi. Bu voqea Trampning ikkinchi muddatga qayta saylanganidan buyon Putin bilan birinchi uchrashuvi bo‘ladi. Bungacha AQSH prezidenti Rossiya yetakchisi bilan 2021 yil dekabrda, Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar rahbari bo‘lib ishlagan paytda video aloqa orqali gaplashgan edi.

Yevropa Ittifoqi va Ukraina Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urushni tugatish harakatlarining bir qismi sifatida ularning ishtirokisiz uchrashuvni tanqid qilmoqda. Xususan, YeI davlatlari yetakchilari Trampning Ukrainadagi urushni tugatish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishlab bayonot bilan chiqishdi, biroq xalqaro huquq, mustaqillik, suverenitet, hududiy yaxlitlik tamoyillari hamda xalqaro chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligiga asoslangan “adolatli va mustahkam tinchlik” o‘rnatishga chaqirdi.

Vladimir Zelenskiy uning mamlakati Tramp e’lon qilgan “hudud almashinuvi”ga rozi bo‘lmasligini ta’kidladi. Alyaska sammiti oldidan bugun, 13 avgust kuni Yevropa yetakchilarining Tramp va Zelenskiy bilan videokonferensiyasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Donbass

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing