“Biz boshlagan islohotlarimizni yakunlaymiz” – To‘qayev
Olam
−
26 noyabr 2022
3713Navbatdan tashqari saylovlarda g‘olib bo‘lgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 26 noyabr kuni mamlakat xalqiga qasamyod qabul qildi va davlat rahbari lavozimiga rasman kirishdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
To‘qayev o‘zining inauguratsion nutqida prezidentni qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddatga saylashga o‘tishni siyosatchilarning yangi avlodi paydo bo‘lishi sari qadam deb atadi.
“Biz boshlagan islohotlarimizni, albatta, yakunlaymiz. Yangi konstitutsiyaviy normalarga ko‘ra, prezident bir muddatga yetti yilga saylanadi. Bu siyosatchilarning yangi avlodi uchun hokimiyatga yo‘l ochadi. Ishonchim komilki, bu to‘g‘ri qaror”, deydi Prezident To‘qayev.
To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil Qozog‘iston xalqi uchun ayniqsa muhim bo‘ldi.
“Qozog‘iston o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Biz tashabbus qilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar tub o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Konstitutsiyaviy islohot amalga oshirildi. Jamiyat hayotining barcha sohalari har tomonlama yangilandi”, dedi u.
Avvalroq Qosim-Jomart To‘qayev dekabrda O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi