Biz aholining talabiga munosib harakat qilishimiz kerak – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Bugun, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Urganchda xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun mana shu qadim va tabarruk zaminda, muborak Ramazon oyida siz, aziz yurtdoshlarim bilan ko‘rishib turganimdan g‘oyat mamnunman. Agar tahlil qilsak, Xorazmda ko‘p narsalar o‘zgardi. Lekin zamon shiddat bilan o‘tyapti, aholining talabi o‘sib boryapti. Biz shunga munosib harakat qilishimiz kerak. Shuning uchun ishimizni tanqidiy ko‘rib, katta-katta marralar olishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.

Yig‘ilish avvalida Xorazm viloyatidagi o‘zgarishlar qayd etilib, oxirgi olti yilda maktabgacha ta’lim qamrovi 22 foizdan 79 foizga yetkazilgani aytib o‘tilgan. Shuningdek, viloyatda 131 ta maktab qurilib rekonstruksiya qilingan, 580 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Qayd etilishicha, viloyatdagi 531 ta mahallani obod qilishga qo‘shimcha 1 trillion so‘m, tuman markazlari yo‘llarini ta’mirlash, piyodalar yo‘lagi va yoritgichlarga 50 milliard so‘m ajratilgan.

Oxirgi besh yilda 9 ming 500 ta xonadonli uylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi boshlangan.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 1,5 milliard dollarlik 7 mingta loyiha doirasida yangi korxonalar ishga tushgan. Bu orqali 50 mingta yangi doimiy ish o‘rinlari yaratilib, 19 mingta oila kambag‘allikdan chiqarilgan.

Bundan tashqari, hududda ishlab chiqarish 1,5 baravarga ko‘payib, sanoat eksporti 190 million dollarni tashkil etgan. Ayniqsa, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va qurilish materiallarini ishlab chiqarish 2 baravarga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm Urganch sessiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing