Bivol va Beterbiyev bir-birini uch so‘z bilan ta’rifladi
Sport
−
11 fevral 3919 1 daqiqa
Boks bo‘yicha yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev va uning navbatdagi raqibi, yarim og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni, hamyurti Dmitriy Bivol bir-birini uch so‘z bilan ta’rifladi.
“Quvvat, kuch, xotirjamlik”, deydi Beterbiyev.
O‘z navbatida, Bivol ham Beterbiyevni ta’rifladi.
“Kuch, tajovuzkorlik, chidamlilik”, deydi Bivol.
Bivolning boks bo‘yicha yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni, mag‘lubiyatsiz hamyurti Artur Beterbiyev bilan revansh jangi 22 fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.
Beterbiyev va Bivol o‘rtasidagi birinchi jang 13 oktyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi va hakamlarning bo‘lingan qarori (114-114, 115-113, 116-112) bilan Beterbiyevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bivol faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar ishlar Bosh boshqarmasi rahbari Turki al Ash-Shayxga ko‘ra, agar rossiyalik bokschilar o‘rtasidagi ikkinchi jangda Bivol g‘alaba qozonsa, bokschilarning 3-jangi ham tashkil etiladi.
Live
Barchasi