Bivol-Beterviyev oxirgi “nigohlar jangi”da to‘qnashdi (video)

Sport

image

Rossiyalik bokschilar Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘zaro to‘qnashuv oldidan so‘nggi “nigohlar jangi”ni o‘tkazdi.

Ikki bokschi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi matbuot anjumanidan keyin yuzma-yuz keldi. Bivol va Beterbiyev o‘rtasidagi jangi yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun bo‘lib o‘tadi

39 yoshli Beterbiyev o‘z faoliyatida 20 ta jangda 20 ta g‘alabaga erishgan va barchasida raqiblarini nokautga uchratgan, 33 yoshli Bivol 23 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan. Bivol 12 ta to‘qnashuvda raqiblarini nokaut qilgan.

Ma’lumot uchun, Beterbiyev-Bivol jangi 12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Aslida tomonlar o‘rtasidagi jang 1 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq o‘shanda Beterbiyevda jarohat aniqlanib, jang kuzga qoldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Artur Beterbiev Dmitriy Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing