Bitkoin narxining tarixiy rekordi yangilandi
Texnologiya
−
09 noyabr 2021
10913Bitkoin kriptovalyutasi narxi tarixiy rekordni yangiladi va birinchi marta 67 ming dollardan oshdi. Bu haqda savdo ma’lumotlari darak bermoqda.
Binance birjasida bitkoin Toshkent vaqti bilan 04:25 holatiga ko‘ra, 7,5 foizga o‘sgan — 67,63 ming dollargacha. CoinMarketCap portali ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoin 7,29 foizga qimmatlashgan — 67,6 ming dollar.
Dunyodagi eng ommabop kriptovalyuta narxi rekord darajaga qaytdi va yana bir bor o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichini yangiladi. Joriy yilning 20 oktyabrida o‘rnatilgan avvalgi rekord roppa-rosa 67 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, undan oldin maksimal ko‘rsatkichga aprel oyida erishilgan edi — 64,85 ming dollar.
Bitkoin ikkinchi oy ketma-ket qimmatlashmoqda, o‘tgan oy kriptovalyuta taxminan 40 foizga qimmatlashib, 43,82 ming dollardan 61,3 ming dollargacha ko‘tarildi. Sentyabr oyida esa ikki oylik kuchli o‘sishdan so‘ng bitkoin biroz arzonlashdi — deyarli 35 foizga.
Bitkoin may oyida o‘z qiymatining deyarli uchdan bir qismini yo‘qotdi, o‘shanda uning narxi 57,7 ming dollardan 37,3 ming dollarga tushdi.
Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi