Bishkekda koronavirus sababli Navro‘z nishonlanmaydi

Olam

image

Bishkek meriyasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning soni ko‘payishi sababli har yili nishonlanadigan Navro‘z bayramini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda “Kloop” xabar bermoqda.

“COVID-19 koronavirus infeksiyasi tufayli shahar meriyasi huzuridagi favqulodda epidemiya va epizootiyaga qarshi komissiya Bishkek hududi Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishdan bosh tortdi”, deyiladi meriya xabarida.

Qirg‘izistonda koronavirusning birinchi bemori aniqlanganidan bir yil o‘tgach, 18 mart kuni mamlakatda virus bilan kasallanganlar soni 87 143 nafarga yetdi. 17 mart davomida yangi holatlar soni yana 98 taga ko‘paygan.

Hozirda Qirg‘iziston ommaviy emlashga tayyorlanmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, aholi mart oyining oxirlari yoki aprel oyining boshlarida emlanadi. Qirg‘izistonga birdaniga bir nechta turli xil vaksinalar, shu jumladan rus va xitoy vaksinasi olib kelinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing