Bishkekda KXSHT davlatlarining parlament rahbarlari uchrashdi

Olam

image

Bugun, 19 may kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrdagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Parlament Assambleyasi Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Belarus parlamentlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni ochib bergan Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Turg‘unbek uulu ushbu tadbir nafaqat parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, balki KXSHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga ham hissa qo‘shishini ta’kidladi.

“Bu yil Qirg‘iziston KXSHTga raislik qilmoqda. Raislik doirasida mintaqada tinchlik, barqarorlik va o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator tadbirlar rejalashtirilgan. Qirg‘iziston KXSHTga jamoaviy xavfsizlikning asosiy instituti sifatida qaraydi va barcha ishtirokchi davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdor”, dedi u.

Shuningdek, u tobora kuchayib borayotgan zamonaviy chaqiriq va tahdidlar sharoitida parlamentlar tomonidan qabul qilingan qarorlar davlatlar barqarorligi va butun mintaqa xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

“Qonunchilikni uyg‘unlashtirish uchun a’zo davlatlar parlamentlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, terrorizmga qarshi kurash, raqamli va biologik xavfsizlik, transchegaraviy jinoyatlarga qarshi kurashish kabi sohalarda namunaviy qonunlarni ishlab chiqishimiz zarur. Bundan tashqari, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishimiz kerak. Bu global xavfsizlik masalalariga yagona yondashuvni shakllantirishga yordam beradi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, u raqamli xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.

“Kibertahdidlarga qarshi kurashish, strategik muhim infratuzilmalarni himoya qilish, sun’iy intellekt sohasida huquqiy tartibga solish kabi mavzularning dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Bu sohalarda hamkorlikda ish olib borish davr talabidir”, deydi u.

Shuningdek, Jogorku Kenesh spikeri Assambleya doirasida yoshlarning parlament platformalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni taklif qilib, yoshlarni KXSHT faoliyatiga jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Rossiya Federal Majlisi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin tarixiy xotirani asrab-avaylash bo‘yicha ishlarni faollashtirish muhimligi haqida gapirib, KXSHT Parlament assambleyasi doirasida tarixiy haqiqatni himoya qilish va natsizmga qarshi kurashga qaratilgan 5 ta namunaviy hujjat qabul qilinganini qo‘shimcha qildi.

“Ulardan milliy qonunchilikda samarali foydalanish maqsadida namunaviy hujjatlar qabul qilinayotganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman: Shu bois Parlament assambleyasining namunaviy hujjatlarini milliy dasturiy hujjatlarga integratsiyalashuviga ko‘maklashish muhim ahamiyatga ega”, dedi u.

U KXSHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, birinchi navbatda, xavfsizlikni mustahkamlash yo‘nalishida rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Tojikiston Qirg'iziston Belarus' Jogorku Kenesh Parlament Assambleyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing