Birovning xotinini yo‘ldan urgan YHXB xodimi ishdan bo‘shatildi

3-sahifa

image

Kecha, 24 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urib, ifloslik qilgan Toshkent "GAI"si qo‘lga olingani haqida video va xabar tarqaldi.

Videoda ko‘rsatilgan shaxs Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi ekanligi aytilgan bo‘lib, u Sirdaryo viloyatida bir ayol xonadonida ekanligida ushlangan. Xizmat formasini egnidagi kiyim ichiga yashirgan bu fuqaro o‘zini YHXB xodimi ekanligini sir tutishga harakat qilgan. Shuningdek, videoda mazkur erkakning yuzida jarohat izlari borligi ko‘ringan.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur videodagi shaxs Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.R. ekanini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.R. o‘z xizmat vazifasidan bo‘shatilishi haqida xulosa qabul qilingan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1701

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing