Birorta hokim o‘zi ariza yozmaydi – Mirziyoyev Toshkent viloyatining sobiq hokimi nega ishdan olinganini aytdi
Jamiyat
−
19 mart 2021
12448Ayni paytda Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etyapti.
Prezident sessiyada nutq so‘zlab, viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatov haqida gapirib, u o‘z arizasi bilan ishdan ketganini aytib o‘tdi.
“Xolmatov harakat qildi, lekin hozirgi talabga javob berish mushkulligini anglab, o‘zi ariza yozdi. Bu ham mardlik. Birorta hokim o‘zi ariza yozmaydi, chunki mansab yoqadi. Lekin aravani tortmaydi. Shuning uchun Xolmatovga munosib ish berdik”, degan Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Rustam Xolmatov joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi.
Keyinroq u Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi lavozimiga saylandi.
LiveBarchasi