“Birinchi zarbda tizzalarigacha...” YeI Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirdi

Olam

image

Bugun, 26 iyul kuni Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni yana 6 oyga uzaytirishga qaror qildi. YeI Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan cheklovlar 2023 yilning 31 yanvarigacha amal qiladi. 

Bryussel Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar ilk bor 2014 yilda Moskvaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan qadamlari fonida kiritilganini eslatdi. 

Joriy yilning fevral oyida Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga hujumi boshlanishi bilan sanksiyalar doirasi kengaytirildi. 

Hujjatda aytilishicha, 2014 yilning 31 iyulida “Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlariga” javoban bir yil davomida birinchi marta joriy qilingan sanksiyalar Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin 2022 yil fevralidan boshlab sezilarli darajada kengaytirilgan. 

Ular hozirda moliya, energetika, texnologiya va ikkilamchi maqsadlarda ishlatiladigan tovarlar, sanoat, transport va qimmatbaho tovarlarga cheklovlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli sohaviy chora-tadbirlardan iborat. 

Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan keyin YeI Rossiya Federatsiyasiga qarshi yettita sanksiya paketini tasdiqladi. Sanksiyalar doirasida Rossiyadan oltin, neft va ko‘mir olib kirish taqiqlangan. 

Ko‘pgina rus banklari SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing