Birinchi Prezidentning jiyan keliniga nisbatan jinoyat ishi tergovi yakunlandi

Olam

image

Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldiga nisbatan korxonalar aksiyalarini noqonuniy o‘zlashtirib olish faktlari bo‘yicha tergov yakunlandi. Bu haqda kecha, 19 dekabr kuni Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurash davlat agentligi matbuot xizmati xabar berdi.  

"Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati Gulmira Sotibaldiga nisbatan korxonalar ulushlarini noqonuniy o‘zlashtirib olish, jumladan, odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq ikkita fakt bo‘yicha tergovni yakunladi. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar miqdori 6,6 milliard tengedan ortiqni tashkil etadi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.  

15 dekabr kuni jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan gumonlanuvchilarni sudga olib kelish masalasini hal qilish uchun prokuraturaga yuborilgan.  

Departamentning eslatishicha, Gulmira Sotibaldi, uning “Aria-Jana Astana” MCHJ kompaniyasi boshqaruvidagi korxona rahbariyati va davlat organlarining mansabdor shaxslari ham ob’ektlar qurilishiga ajratilgan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. 

"Tergov bosqichida davlatga yetkazilgan zarar to‘liq qoplandi. Mazkur fakt bo‘yicha ham tergovga qadar tekshiruv yakunlandi, ish gumonlanuvchilar va ularning advokatlariga topshirildi", deyiladi xabarda. 

Shu bilan birga, Gulmira Sotibaldiga nisbatan bizneslarni tortib olish va noqonuniy qamoqqa olishning boshqa epizodlari bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Gulmira Satibaldi shu yilning 16 martida qo‘lga olinib, Ostonadagi vaqtinchalik hibsxonaga joylashtirilgan. Ertasi kuni Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi u va boshqa shaxslarning biznesni bosqinchilik yo‘li bilan tortib olgani uchun tergov qilinayotgani haqida xabar berdi. Mart oyida Chimkent Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi “Chimkent shahar yo‘lovchi transporti va avtomobil yo‘llari boshqarmasi” davlat muassasasi mansabdor shaxslari va “Aria-Jana Astana” MCHJ rahbariyati, jumladan Gulmira Satibaldiga nisbatan tergov o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi. U 2021 yilda amalda tugallanmagan qurilish-montaj ishlari uchun to‘langan katta miqdordagi (747 mln tenge) byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan. Aprel oyida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi matbuot xizmati Satibaldi Universiada-2017 ob’ektlarini ta’mirlash uchun mablag‘larni o‘zlashtirganlikda ham gumon qilinayotgani haqida xabar bergan. 

Gulmira Satibaldi Qayrat Satibaldining sobiq rafiqasi bo‘lib, u o‘z navbatida Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani, “Forbes Kazakhstan” talqini bo‘yicha mamlakatning eng nufuzli biznesmenlari ro‘yxatiga kiritilgan. 

Mart oyi o‘rtalarida Satibaldi mansab vakolatini suiiste’mol qilish va “Kazaktelekom” AK mablag‘larini o‘ta katta miqdorda o‘g‘irlashda gumonlanib hibsga olingan edi. 

Sentyabr oyida Ostona sudi Qayrat Satibaldini davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda aybdor deb topib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil muddatga davlat xizmatida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda olti yilga umumiy tartibli koloniyaga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

455

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing