Birinchi Prezidentning kuyovidan qolgan lavozimning egasi topildi
Olam
−
18 fevral 2022
17643Qozog‘iston Milliy tadbirkorlar palatasining bugun, 18 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari qurultoyi ishtirokchilari Raimbek Batalovni palata prezidiumi raisi etib sayladi. Uchrashuv “Atameken” Milliy tadbirkorlar palatasining Facebook’dagi sahifasida translyatsiya qilingan.
“Atameken” Milliy tadbirkorlar palatasining prezidiumi raisi umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylangan. Batalov nomzodi qurultoy delegatlarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Batalov Qozog‘iston tadbirkorlari forumi raisi ham hisoblanadi.
“Men palatani birgalikda isloh qilish va kechiktirilgan vaziyatni o‘zgartirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kafolat beraman. Ishonchim komilki, yangi palatada hamkorlikda ishlaymiz”, degan u saylanganidan keyin.
Prezidium “Atameken” Milliy tadbirkorlar palatasining boshqaruv organi hisoblanadi. Palata prezidiumi a’zolarini saylash va lavozimidan ozod etish qurultoyning mutlaq vakolatiga kiradi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 17 yanvar kuni Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev “Atameken” Milliy tadbirkorlar palatasining prezidiumi raisi lavozimini tark etgandi. Kulibayev Qozog‘iston birinchi Prezidentining o‘rtancha qizi Dinara Kulibayevaning turmush o‘rtog‘i.
LiveBarchasi