Birinchi marta O‘zbekistonda organik paxta yetishtirildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida “TEXTILE TECHNOLOGIES GROUP” MCHJ XK klasteri tomonidan organik paxta yetishtirildi. 

Ekologik toza mahsulot bo‘lgan ushbu organik paxtani endilikda jahon va Yevropa bozoriga eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi. Bolgariyadan tashrif buyurgan “CONTROL UNION” tashkiloti inspektor-auditori Yekaterina Tomeva mahsulotning sifat darajasini ko‘zdan kechirib, unga yuqori baho berdi va mahsulotdan nafaqat oliy navli tola, balki chigitidan ekologik toza paxta yog‘i olinishi mumkinligini ham alohida qayd etdi.

Yekaterina Tomevaga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilgan ushbu noyob organik paxta mahsuloti jahon va Yevropa bozoriga chiqishi uchun sertifikatga loyiq ekaniga hamda bozorda raqobatbardosh bo‘la olishiga, shuningdek, sifat darajasi bo‘yicha bozordagi narxi bir yarim barobar qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lishiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda organik paxta Birinchi martta

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing